
"Barselona" xavotirda: Gavi tizzasida og‘riq his qilmoqda
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi yaqin kunlarda qo‘shimcha tibbiy tekshiruvdan o‘tadi. Bu haqda "Diario Sport" xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi bir necha vaqtdan beri o‘ng tizzasida og‘riq his qilmoqda. Shu joydan u 2023 yil kuzida bir bog‘lamni uzib olgandi.
Nashrning qayd etishicha, bog‘lamning o‘zi mukammal holatda. Dushanba kuni o‘tkaziladigan chuqur tekshiruv natijalari keyingi tiklanish rejasini belgilab beradi.
Manbaga ko‘ra, ehtimoliy variantlar quyidagicha:
Davolashni davom ettirish va og‘riqning o‘zi yo‘qolishiga umid qilish;
Artroskopiyaga murojaat qilish – bu artroskop yordamida tizza bo‘g‘imini tozalash va muammoni aniqlash uchun amalga oshiriladigan operatsiya.
Fikrlar