
"Barselona" mashg‘ulotlarda jarohat olgan futbolchisi bo‘yicha bayonot berdi
"Barselona" X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida jamoa yarim himoyachisi Gavining o‘ng tizzasida ma’lum muammolar borligi haqida ma’lum qildi. 21 yoshli futbolchi 31 avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Ispaniya chempionati 3-turidan o‘rin olgan "Rayo Valekano"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Avvalroq, Gavi tizzasidagi noqulaylik tufayli "ko‘k-anorranglilar"ning juma kungi mashg‘ulotlarini muddatidan oldin yakunlagani haqida xabar bergan edik. Ta’kidlanishicha, yarim himoyachi 2023 yildagi kabi oyog‘idagi xochsimon bog‘lamlarni uzgan bo‘lishi mumkin.
Gavi joriy mavsum La Ligada 2 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 60 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar