"Barselona" Arauxo bilan shartnomani uzaytirdi

  • 23 yanvar, 23:32
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubning urugvaylik himoyachisi Ronald Arauxo bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sahifasi ma’lum qildi.

Tecno

Xabarga ko‘ra, Kataloniya klubi 26 yoshli himoyachi bilan kelishuvni 2031 yilning yarmiga qadar davom ettiradi. Futbolchining avvalgi shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qilar edi.

Avvalroq, futbolchiga "Yuventus"ning qiziqayotgani va himoyachining o‘zi ham klubini o‘zgartirishga qarshi emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Arauxo 2018 yil "Barselona"ga Urugvayning "Boston River" jamoasidan kelib qo‘shilgan. Dastlab "Barselona B"da to‘p tepgan himoyachi 2020 yilning oktyabrida asosiy jamoa tarkibiga kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!