“Barsa”ning eng badavlat yulduzi kim? Kim qancha maosh olyapti?

  • 3 yanvar, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Capology nashri Ispaniya chempionatining eng mashhur klublaridan “Barselona”da  eng ko‘p maosh olayotgan o‘n nafar o‘yinchi ro‘yxatini e’lon qildi.

Kataloniyaliklar moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, 36 yoshli hujumchi Robert Levandovskiga 33,3 million evro yillik maosh to‘lab kelmoqda.

Ta’kidlash joizki, yoshi o‘tib qolayotgan polshalik futbolchi “Real”ning yangi yulduzi Kilian Mbappedan ham ko‘p maosh oladi.

Keyingi o‘rinlarda “Barselona”ga umuman yordami tegmayotgan ikki yulduz – Frenki de Yong va Ansu Fati qayd etilgan.

“Barselona”ning eng katta maosh olayotgan o‘n nafar o‘yinchisi ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

Robert Levandovski — € 33,3 mln;

Frenki de Yong — € 19 mln;

Ansu Fati — € 13,9 mln;

Jyul Kunde — € 13,5 mln;

Rafinya — € 12,5 mln;

Ferran Torres — € 10 mln;

Pedri — € 9,3 mln;

Daniel Olmo — € 9,3 mln;

Inigo Martines — € 9,3 mln;

Andreas Kristensen — € 9 mln.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!