“Barsa”dan ketmasam bo‘lmaydi!

  • 15 may, 2023, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning braziliyalik legioneri Rafin Dias Kataloniya klubidagi birinchi mavsumidan so‘ng, jamoasini almashtirishga qaror qildi.

Tecno

Sport nashrining xabar berishicha, braziliyalik futbolchi kelasi mavsum zaxirada qolib ketishidan xavotirda. U frantsiyalik futbolchi Usmon Dembelega ichki raqobatni yutqazmoqda.

Bosh murabbiy Xavi Ernandes kelasi mavsum ham asosan Dembelega ishonch bildirishi aytilmoqda. Shu bois, Rafinya Dias yozda o‘ziga boshqa klub topadi.

Tabiiyki, Rafinya darajasidagi futbolchi ishsiz qolmaydi. Unga Angliya Premer-ligasidan takliflar bor. Xususan, “Nyukasl” hujumkor futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun xarajatga tayyor.

“Barselona” Diasni o‘tgan yili yozda “Lids”dan 58 million evroga transfer qilgandi. O‘shanda Rafinya Kataloniyaga ketish maqsadida “Chelsi”ning taklifini rad etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!