
“Barsa” gapga ko‘nmayotgan ikki yulduzdan voz kechadi
“Barselona” rahbariyati kelasi yoz ikki yulduz – Frenki de Yong va Ronald Arauxoni sotib yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ayni paytda har ikki o‘yinchi jarohatini davolatyapti. Klub ularga yangi shartnoma taqdim qilgan. Biroq ikkisi ham klub taklifiga javob qaytargani yo‘q.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, “Barselona” rahbariyati agar Arauxo va de Yong klub taklifini qabul qilmasa, yozda ularni sotuvga qo‘yadi.
Klubdan katta maosh olayotgan bu o‘yinchilarning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi.
Fikrlar