"Atletiko" argentinalik xavbekni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin

  • 15 iyul, 19:05
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tyago Almada "Atletiko"ga o‘tishga juda yaqin.

ESPN nashrining xabar berishicha, Madrid klubi va "Botafogo" o‘rtasida 24 yoshli yarim himoyachining transferi bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan. Futbolchining o‘zi ham allaqachon transferga rozilik bildirgan.

Tecno

Kelishuv summasi 15-20 million evroni tashkil etishi kutilmoqda. Tomonlar endilikda bir nechta kichik tafsilotlarni hal qilishlari kerak.

Avvalroq, ushbu o‘yinchiga "Zenit" va "Benfika" klublari ham qiziqish bildirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!