
Arauxo kelajagiga oydinlik kiritdi!
"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo jamoadagi kelajagi haqidagi savollarga javob berdi. Uning ta’kidlashicha, jamoada qolib, kuboklar yutish uchun o‘z hissasini qo‘shmoqchi!
"Men “Barsa” sardoriman va klubda qolmoqchiman. Meni shartnomam 2031 yil iyunigacha tuzilgan" — deya iqtibos keltirdi futbolchidan Fabritsio Romano.
Arauxo 2018 yildan beri kataloniyaliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 26 yoshli himoyachi 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 2 ta assist qayd etdi.
Qishki transfer oynasida u jamoani tark etishni xohlagandi, biroq natijada shartnomani uzaytirdi. Transfermarkt portali Ronaldning transfer qiymatini 50 million evroga baholagan.
Fikrlar