
Antonio Ryudiger: "Bu ishimni oqlab bo‘lmaydi"
"Real" himoyachisi Antonio Ryudiger Ispaniya kubogi finalida qilgan ishi uchun hakamlardan uzr so‘radi. Germaniyalik futbolchi o‘yin oxiriga yaqin hakamiga muz bo‘lagini otdi va buning uchun qizil kartochka oldi.
"Juda afsusdaman. Bu ishimni oqlab bo‘lmaydi. Hakamdan va xafa qilgan barchadan uzr so‘rayman", - deb yozadi futbolchi ijtimoiy tarmoqlarida.
Eslatib o‘tamiz, final uchrashuvi Sevilyadagi "Ramon Sanches Pisxuan" stadionda bo‘lib o‘tdi va unda 3:2 hisobida "ko‘k-anorranglilar" g‘alaba qozondi. Himoyachi Jyul Kunde g‘alaba to‘pini kiritdi.
Fikrlar