Alonso: "Ismning farqi yo‘q. Yugurmagan futbolchi maydonga tushmaydi!"

  • 16 iyun, 14:17
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" yangi bosh murabbiy Xabi Alonso qo‘l ostidagi ilk uchrashuvini 18 iyun kuni Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati doirasida "Al-Hilal"ga qarshi o‘tkazadi. 

Tecno

"Cadena SER" jurnalisti Xaver Erraes klubdagi manbalarga tayanib, Xabi Alonso futbolchilarga yo‘llagan qo‘pol va oshkora xabarini etkazdi:

"Kim yugurmasa va maydonda bor kuchini bermasa — o‘ynamaydi. Ismning ahamiyati yo‘q".

Shuningdek, murabbiy qo‘shimcha qildi:

"Siz shunchaki to‘p berishlarini kutib turib, gol urish uchun tayyor turmasligingiz kerak. Har bir to‘p uchun yugurib harakat qilishingiz lozim" - deya qo‘shimcha qilgan "qaymoqranglilar"ning yangi mutaxassisi.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassis yangi mavsum boshlanishidan avval Karlo Anchelottining o‘rnini egallab, "qirollik klubi"ga murabbiy qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!