Eng sara motokrosschilar Toshkentda bellashdi

CHERY AUTO

“Vatanparvar” tashkiloti Respublika texnik va amaliy sport turlari markazining 26 yilligiga bag‘ishlangan motokross bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Tecno

“Vatanparvar” tashkiloti musobaqasida 40 nafarga yaqin sportchilar shaxsiy birinchilik uchun bellashishdi. Respublikamizning turli hududlaridan kelgan sport motokrosschilar quyidagi turlarda o‘z omadlarini sinab ko‘rishdi:

  1. Dvegatel o‘lchami 85 m³
  2. Dvegatel o‘lchami 125 m³
  3. Dvegatel o‘lchami 500 m³

Sportchilar 15-18 yosh va 18 yoshdan kattalar yosh guruhlari bo‘yicha ishtirok etishdi.Ikki kunlik natijalarga ko‘ra,o‘zining mototsikli hammanikidan tezroq ekanini isbotlagan sportchilar nomi ma’lum bo‘ldi.

Dvigatel sig‘imi 85 m³ bo‘lgan sportchilar o‘rtasida:

  1. Dadalon To‘ychiev (Jizzax) – 1 o‘rin
  2. Emran Abzalov (Toshkent) – 2 o‘rin
  3. Javlonbek Umarov (Surxondaryo) – 3o‘rin
  4. Arslonbek Xamidulin (Toshkent) – 4 o‘rin
  5. Abrorbek Jumanov (Toshkent) – 5 o‘rin
  6. Feruz Namozov (Qashqadaryo) – 6 o‘rin
  7. Jamshid Xamidov (Andijon) – 7 o‘rin
  8. Shaxzoda Saydullaeva (Navoiy) – 8 o‘rin
  9. Doston To‘raev – (Buxoro) –/–

Dvigatel sig‘imi 125 m³ bo‘lgan sportchilar o‘rtasida:

  1. Denis Pertsev (Toshkent) – 1 o‘rin
  2. Shevket Sulaymonov (Toshkent) – 2 o‘rin
  3. Izzat Qobilov (Navoiy) – 3 o‘rin
  4. Rauf ibragimov (Surxondaryo) –/–
  5. Dmirtiy Usov (Toshkent sh.) –/–
  6. Sergey Vinogradov (Toshkent) –/–
  7. Rustam Murodov (Toshkent sh.) –/–
  8. Bunyod Mamataliev

Dvigatel sig‘imi 500 m³ bo‘lgan sportchilar o‘rtasida:

  1. Andrey Sazanov (Toshkent vil.) – 1 o‘rin
  2. Sergey Davletyarov (Toshkent sh.) – 2 o‘rin
  3. Bekzod Xalimboev (Buxoro) – 3 o‘rin
  4. Sergey Barabukov (Navoiy) – 4 o‘rin
  5. Rushan Ibragimov (Qashqadaryo) – 5 o‘rin
  6. Zoyir Qurbonov (Qashqadaryo) – 6 o‘rin

G‘oliblar “ Vatabparvar ” tashkiloti Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti 1991 yil 23 noyabr kuni tashkil topgan. Tashkilotning vazifasi Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi va mintaqaviy kengash tomonidan jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdir.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan, sportning texnik va amaliy sport turlari bo‘yicha 2017 yilning to‘qqiz oyi davomida 32 ta respublika sport musobaqalari o‘tkazildi. Yuqoridagi turlar bo‘yicha o‘tkazilgan respublika musobaqalarida Andijon, Buxoro, Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Namangan viloyatlari, shuningdek Toshkent shahri vakillari faol ishtirok etishdi. Mazkur sport musobaqalarida jami 31616 nafar sportchilar ishtirok etgan bo‘lib, ulardan 10-14 yoshli sportchilar 7442 nafarni va 15-18 yoshli sportchilar 14446 nafarni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!