
Zidan “Real”ga qaytish uchun shart qo‘ydi
“Real” rahbariyati klubga o‘z qarashlarini singdirishga urinayotgan Karlo Anchelotti o‘rniga boshqa murabbiy qidirmoqda.
Jamoani boshqarishga nomzodlardan biri Zinedin Zidan hisoblanadi. Frantsiyalik bungacha ikki marta “Real” bosh murabbiyi bo‘lgan va shogirdlari bilan birga uch marotaba Chempionlar ligasida va ikki marta Ispaniya chempionatida g‘olib chiqqan.
Diario Sport nashrining yozishicha, Zidan “Real” taklifini qabul qilish uchun “Lion”ning 19 yoshliyarim himoyachisi Rayan Sherkini olib kelishni talab qilmoqda.
Madridliklar Zidan mo‘ljallagan futbolchini olib kelish uchun 50 million evro miqdorida xarajat qilishi kerak.
Fikrlar