
Husanov "Arsenal" va boshqa London klublariga qarshi bahslarda qanday ko‘rsatgichlar qayd etgan?
Xabaringiz bor, APLning 5-turi doirasidagi markaziy to‘qnashuvda "Arsenal" va "Manchester Siti" jamoalari kuch sinashadi. Legionerimiz Abduqodir Husanov to‘p tepayotgan Manchester klubi ligadagi derbidan so‘ng London jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Terma jamoamiz a’zosi o‘tgan mavsumda London klublaridan "Chelsi" va "Tottenxem"ga qarshi to‘qnashuvlarda jamoa sharafini himoya qilgan. Himoyachi ikki o‘yinni ham asosiy tarkibda boshlagan.
Bundan tashqari, Husanov "Lans"da to‘p tepgan paytlari EChL guruh bosqichida 2023 yilning 30 noyabr sanasida "Arsenal"ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushgan. O‘yinning 62-daqiqasida almashtirilgan Husanovning o‘yini boshqa himoyachilar singari 6 balldan past baholangan. Sababi "Lans" o‘sha to‘qnashuvda 6 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.
Quyida Husanovning London klublariga qarshi bahslardagi statistikasi bilan tanishishingiz mumkin.
"Lans" safida "Arsenal"ga qarshi:
- O‘yindagi daqiqalar - 28
- Gol - 0
- Golli uzatma - 0
- To‘pni xavfli zonalardan uzoqqa tepish - 0
- Zarbani to‘sib qolish - 0
- Raqib uzatmasini to‘sib qolish - 0
- Golga sabab bo‘lgan xatolar - 1
- Pozitsiya uchun kurash (yutilgan) - 5/2
- Havodagi to‘p uchun kurash (yutilgan) - 1/0
- To‘pni yo‘qotib qo‘yish - 6
- Qoidabuzarlik - 3
- To‘pga teginishlar - 21
- Aniq paslar - 12/18
- Sariq kartochka - 1
"Chelsi"ga qarshi "Manchester Siti" safidagi debyut:
- O‘yindagi daqiqalar - 54
- Gol - 0
- Golli uzatma - 0
- To‘pni xavfli zonalardan uzoqqa tepish - 1
- Zarbani to‘sib qolish - 1
- Raqib uzatmasini to‘sib qolish - 0
- Golga sabab bo‘lgan xatolar - 1
- Pozitsiya uchun kurash (yutilgan) - 3/1
- Havodagi to‘p uchun kurash (yutilgan) - 1/0
- To‘pni yo‘qotib qo‘yish - 8
- Qoidabuzarlik - 1
- To‘pga teginishlar - 53
- Aniq paslar - 41/48
- Sariq kartochka - 1
"Tottenxem"ga qarshi:
- O‘yindagi daqiqalar - 90
- Gol - 0
- Golli uzatma - 0
- To‘pni xavfli zonalardan uzoqqa tepish - 4
- Zarbani to‘sib qolish - 0
- Raqib uzatmasini to‘sib qolish - 1
- Pozitsiya uchun kurash (yutilgan) - 3/2
- Havodagi to‘p uchun kurash (yutilgan) - 0/0
- To‘pni yo‘qotib qo‘yish - 9
- Qoidabuzarlik - 0
- To‘pga teginishlar - 56
- Aniq paslar - 40/48
Joriy mavsumda ham "Manchester Siti" "Tottenxem"ga qarshi bellashdi. Biroq, Husanov zaxirada qoldirildi.
Jahongir Inomjonov
Fikrlar