
Messining kelajagi hal bo‘ldi
Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi professional faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. Argentinalik yulduz tez orada yangi bitim imzolaydi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, “Inter Mayami” klubi mutasaddilari 38 yoshli futbolchini hamkorlikni uzaytirishga ko‘ndirgan. Aslida Messining amaldagi bitimi shu yilning 31 dekabr kuni yakunlanishi kerak.
Manbaga ko‘ra, yangi shartnoma bo‘yicha asosiy masalalar bo‘yicha tomonlar bir to‘xtamga kelib bo‘ldim. Bir necha band muhokamasidan keyin klub MLSdan bitimni rasmiylashtirish uchun ruxsat olishi talab etiladi.
Lionel Messi “Inter Mayami”da 2023 yildan beri o‘ynab kelyapti. Leo floridaliklar safida hozirga qadar 75 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 62 ta gol va 30 ta assist rasmiylashtirgan.
Fikrlar