
21 yoshli bokschi o‘lik holda topildi
Meksikalik 21 yoshli professional bokschi Xesus Ivan Merkado Kabrera(RafaGita laqabi bilan tanilgan)ning jasadi topildi.
U 15 sentyabr kuni ertalab yo‘l bo‘yidagi ariqdan topilgan bo‘lib, tanasi choyshabga o‘ralgan va lentalar bilan bog‘langan edi.
Sportchining oilasi uning yo‘qolganini uch kun oldin ma’lum qilgandi. Mahalliy hokimiyat vakillari bokschini tatuirovkalari orqali tanib olishdi. Tashqi zo‘ravonlik izlari topilmagan, ammo boshqa alomatlar qayd etilgan. Sonora shtati bosh prokuraturasi hodisa yuzasidan tergov boshladi.
Ma’lumot uchun, Xesus Merkado professional ringda 2021 yil sentyabrida debyut qilgan. U 17 jang o‘tkazib, 7 ta g‘alaba, 9 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang natijaga erishgan.
Fikrlar