
Husanov “Manchester Siti”ni o‘zgartirib yubordi...
“Manchester Siti”ning joriy mavsumdagi ikkita muvaffaqiyatsiz o‘yinidan keyin Xosep Gvardiola jamoada yana jangovar ruhni uyg‘ota oldi. Buni “shaharliklar” Angliya Premer-ligasida “Manchester Yunayted” va Evropa Chempionlar ligasida “Napoli”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlarda namoyish qildi.
Ispaniyalik murabbiy shogirdlari to‘rt kun ichida ikkita qudratli raqibga qarshi maydonga tushib, umumiy hisobda beshta gol urdi va o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
“Manchester Siti” faoliyatini yoritib kelayotgan yirik manbalardan biri – esteemedkompany.com sayti jamoaning eng nozik nuqtasiga aylangan himoya chizig‘i oxirgi ikki uchrashuvda ikki nafar yosh himoyachi yordamida qanday o‘zgarishga yuz tutganini tahlil qilib berdi.
Sports.uz portali angliyalik ekspert Adam Marrettning tahliliy maqolasini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etio‘ni ma’qul topdi.
- “Manchester Siti” oxirgi ikki uchrashuvda gol o‘tkazmadi. “Manchester Yunayted” va “Napoli” mag‘lub etilgan uchrashuvlarda jamoaning himoyaviy harakatlari sezilarli darajada yaxshilangani ko‘rindi. Darvozadan Janluiji Donnarummaning joy olgani “Siti” himoyasiga barqarorlik olib kirdi.
Himoya markazidan o‘rin olgan Ruben Diash va Yoshko Gvardiol orqa chiziqni mustahkam ushlayapti. Biroq yosh himoyachilar – Abduqodir Husanov va Niko O’Reylining qanotlardagi o‘yini jamoaga yuqori darajada himoyalanish imkonini ta’minlayotganini alohida tilga olish kerak.
Bu ikki o‘yinchi shahar derbisi va Chempionlar ligasi uchrashuvida jamoa muvaffaqiyatlariga juda katta hissa qo‘shdi. Husanov va O’Reyli o‘yinlarda jismoniy kuch-quvvatlari bilan birga sovuqqonligi va texnik mahoratini ham namoyish qilmoqda.
Qanotlarda Husanov va O’Reyli o‘ynaganida “Siti” himoyachi umuman boshqa darajaga ko‘tarilyapti. Ayniqsa, Husanov tezligi katta o‘yinchi sifatida raqib hujumkor futbolchilarining bosimlarini bartaraf etishda jonbozlik ko‘rsatmoqda. Abduqodir yakkakurashlarda kuchli va o‘yinni o‘qish qobiliyati zo‘r.
Bu pozitsiyada o‘ynab kelgan Riko Lyuis va Mateush Nuneshga solishtirganda Husunov o‘ng qanot himoyasida o‘ng qanotda ancha ishonchli o‘ynayotgani namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘zbek legioneri to‘p bilan ishlash ko‘nikmasini juda tez o‘zlashtirib va rivojlantirib bormoqda. Bu Xosep Gvardiola jamoasi uchun juda muhim hisoblanadi. Niko O’Reylining chap qanotdagi harakatlari haqida ham shu fikrlarni bildirish mumkin.
Nikoning chap qanot himoyasida ishonchli o‘ynayotgan Yoshko Gvardiolni markazga o‘tkazish imkonini beradi. Bu “Siti” himoya chizig‘ini yanada mustahkamlaydi. O’Reyli aslida yarim himoyachi, shu bois butun chap qanot bo‘ylab, ustunlikni ta’minlashga harakat qiladi. Texnik xususiyatlari unga himoyada o‘ynash imkonini beryapti.
“Manchester Siti”ning derbidagi va Chempionlar ligasidagi ikki o‘yinidan keyin 21 sentyabrda “Arsenal”ga qarshi uchrashuvda Niko O’Reyli, Yoshko Gvardiol, Ruben Dias va Abduqodir Husanovdan birortasi boshlang‘ich tarkibda maydonga tushmasligini hozir hech kim tasavvur qila olmaydi. Bu to‘rtlik “Emireyts Stedium”dagi muhim uchrashuvni boshlab berishga loyiq o‘yin namoyish qilyapti.
Qolaversa, Mikel Arteta jamoasining hujumkorligi “Manchester Yunayted” yoki “Napoli”nikidan anchagina kuchli va variantlari ham ko‘p. “Kanonirlar” ayniqsa, qanotdan hujum uyushtirishga usta. Agar bo‘lajak bahsda himoyaning ikki qanotida kutilayotganidek Husanov va, O’Reyli o‘ynasa, ular “Arsenal”ning serqirra hujumlarini to‘xtatish uchun ancha ter to‘kishlariga to‘g‘ri keladi.
“Arsenal” bilan bo‘ladigan bahsda Xosep Gvardiolaning yangi himoya kvarteti naqadar mustahkam himoyalanishi haqiqiy sinovdan o‘tadi. “Manchester Siti” himoyachilari esa, jismonan va ruhan bu bosimga tayyor ko‘rinmoqda, - deb yozdi esteemedkompany.com sayti eksperti Adam Marrett.
Fikrlar