
"Yuventus" 19 yoshli amerikalik futbolchiga 8,5 mln evro bermoqchi
MLSning "Dallas" klubi himoyachisi Brayan Reynolds faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, “keksa sinora” 19 yoshli amerikalik futbolchining transferi uchun naqd 8,5 mln evro to‘lashga tayyor. Brayan “Yuve”ga o‘tgan taqdirda, klub bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va mavsum oxirigacha "Kalyari"da ijara asosida o‘ynaydi.
Brayan joriy mavsum MLSda jami 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar