
"Yaponiya himoyasini yorib o‘tish qiyin bo‘lmadi. Ikkita gol buni ko‘rsatib turibdi"
Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston OTJ Yaponiyani 2:0 hisobida taslim etib, Osiyo kubogi finaliga yo‘l oldi. Uchrashuvdan so‘ng terma jamoamiz yarim himoyachisi Husayn Norchaev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Yaponiya himoyasini yorib o‘tish juda ham qiyin bo‘lmadi. Sababi, ikkita gol ham buni ko‘rsatib turibdi.
- Bugungi golimni barcha vatandoshlarimizga bag‘ishlayman. Staidonga ular kiritilmagan bo‘lsa ham tashqarida bizni qo‘llab-quvvatlab turishdi.
- Guruhdagi o‘yinlar o‘zimga u qadar ham yoqmadi. Chorak hamda yarim finallarda o‘zimni ko‘rsatishga harakat qildim.
- Qarshidagi bahsda o‘zimda ikkita yaxshi vaziyat bo‘ldi, ammo foydalana olmadim. Assistlarga keladigan bo‘lsak, bu jamoaviy o‘yin. Jamoa g‘alaba qozonsa, hammamiz xursand bo‘lamiz.
- Kapadze hamda Berdievning o‘xshashliklari bor. Ikkalasi ham zamonaviy murabbiylar va yangicha taktikalardan foydalanadi. Umuman olganda, ikkisi ham deyarli bir xil mutaxxassislar.
- Biz Dubaydagi o‘yinda Saudiya bilan ancha yaxshi o‘ynagandik. Shunchaki ikkita xato evaziga ular gol urib ketgandi. Finalda yaxshiroq harakat qilib, yurtimizga chiroyli g‘alaba taqdim etishga harakat qilamiz.
Fikrlar