
Yamal va uning agenti "Barsa" rahbariyati bilan nega uchrashdi?
"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal klub bilan tuzilgan amaldagi shartnomani uzaytirish arafasida turibdi.
"TodoFichajes" nashrining "El Chiringuito" dasturiga asoslanib xabar berishicha, Yamal o‘z agenti Jorje Mendesh bilan birgalikda klub rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgan. Tomonlar yangi shartnoma shartlarini muhokama qilishgan.
Hatto tarmoqlarda Yamal va Mendeshning birgalikdagi suratlari ham paydo bo‘ldi. Yamalning maqsadi aniq - u "Barselona"da qolib, rivojlanishni davom ettirmoqchi.
Avvalroq xabar qilinganidek, Lamin Yamal 18 yoshga to‘lganida, ya’ni iyul oyida "Barselona" bilan yangi shartnomasini imzolashi kutilmoqda.
Fikrlar