
Xavi Madriddan “Barsa”ga zo‘r futbolchi topdi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes yozda katta transferni amalga oshirishi kutilmoqda.
Ispaniyalik mutaxassis o‘z jamoasiga “Atletiko”ning hujumkor futbolchisi Yannik Karraskoni olib kelmoqchi. Belgiyalik o‘yinchining mahorati Xavi Ernandesni o‘ziga rom etgan.
El Nacional nashri yozda kataloniyaliklar safini Ansu Fati va Ferran Torres tark etishi mumkinligini yozmoqda. Klub oldingi chiziqda o‘ynaydigan bu futbolchilar bilan xayrlashishga tayyor.
29 yoshli Karrasko har ikki qanotda o‘ynay oladi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan. Belgiyalik charm to‘p ustasi 30 million evroga baholanyapti.
Fikrlar