Mirjalol Qosimov: "Yigitlar tug‘ilgan kunimda so‘z berishgandi, gapini ustidan chiqishdi"

  • 20 sentabr, 01:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 22-turidan o‘rin olgan OKMK - “Bunyodkor” bellashuvida mezbonlar raqibini 5:1 hisobida dog‘da qoldirishga erishdi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashib, o‘z fikrlarini bildirdi hamda savollarga javob qaytardi.

Tecno

- Haqiqatan birgina men emas, muxlislarimiz va “Bunyodkor” muxlislari ham, futbol mutasaddilari ham bu o‘yinni qiziqib kutishayotgandi. Chindan ham ikkala jamoa ishtirokida qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Chiroyli o‘yin namoyish etishdi. Birinchi bo‘limda ochiq o‘yin bo‘ldi. Gol urdik. Ikkinchi bo‘limda maydonga chiqqanimizdan keyin “Bunyodkor” hisobni tenglashtirdi. Yigitlar oxirigacha kurashishdi. Nimagaki, tayyorgarlik ko‘rishishgandi va ikki kun oldin tug‘ilgan kunimda Mirjalol aka, eng yaxshi sovg‘a o‘yin bo‘ladi, deb so‘z berishgandi va aytgan gapini ustidan chiqishgani uchun bundan xursandman. O‘yin juda shiddatli, qiziqarli va gollarga boy o‘yin bo‘ldi. Yigitlarni tabriklayman va muxlislarimizga minnatdorchiligimni bildiraman.

- Bir hafta oldin OKMK yirik hisobda mag‘lub bo‘lgandi. Bugun esa yirik hisobda yutdi...

- Aytib o‘tishim mumkin, Jizzaxda ham yomon o‘yin ko‘rsatganimiz yo‘q. Qolaversa, Dorievni mahorati ham bizga pand berdi. Himoyadagi arzimagan kichkinagina xatolarimiz tufayli “So‘g‘diyona” jamoasi kechirgani yo‘q. O‘sha uchrashuvda statistika bo‘yicha ham natijalar yomon emasdi. Har doim ham statistikalar yoki yuz bergan imkoniyatlar uch ochko bermaydi. Haqiqatan futbolchilarda o‘shanda ozgina “olov” etishmagandi. Buni o‘zlariga ham aytdim. Tahlil qilib chiqqanimizda ham to‘g‘ri qabul qilishdi. Futbolda bunday oddiy xatolarga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bugun yanada shijoatli bo‘ldi. Yaratilgan imkoniyatlarimizdan foydalandik. Qolaversa, himoyada xatolarga yo‘l qo‘ymadik. Futbolda, jamoaviy o‘yinda bir-birini qutqarish va xatolarini berkitish kerak. Doim aytib kelaman: Xudodan boshqa hamma xato qiladi. Bizni sohamizda oyoqda to‘p bilan harakatlanib o‘ynalinadi. Xohlaysizmi-yo‘qmi, xato qilish mumkin.

- Xurshid G‘iyosov yorqin o‘yin namoyish etdi. Chempionatimizda ham gol+pas bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega. Lekin barqarorlik etishmayapti. G‘iyosovni terma jamoaga chaqirish uchun u yana nima qilishi kerak, deb o‘ylaysiz?

- O‘zini ustida ishlash. O‘xshamayaptimi-o‘xshayaptimi, xulosa chiqarib, Alloh bergan kalla bor. Shundan to‘g‘ri xulosa chiqarib, o‘zini ustida rivojlanish kerak. Chaqirish milliy terma jamoa murabbiylariga bog‘liq. Ular ichidan qaerni kuchaytirishni bilishadi. Tashqaridan biz gapiraverishimiz mumkin. Biroq ichki muhitni bilmaymiz. Shuning uchun bu to‘g‘risida tashqaridan xulosa bermaymiz.

- Sardor Mirzaev endi maydonga qaytdi. 2,5 yil davomida jarohat bilan davolandi. Bunday muddatda o‘yinchi har xil holatda bo‘lishi mumkin. Bunday paytda qanday maslahat bergan bo‘lardingiz?

- Kimga?

- Sardor Mirzaevga.

- U menga maslahat beryapti. Hazil bu. Albatta, futbol bilan hamnafas bo‘lgan nafaqat Sardor, balki boshqa futbolchi bo‘lsa ham bu juda og‘ir. Jarohat tufayli futbolsiz yashash og‘ir. Nimagaki, ayrimlari jamoasiz ham qolib ketadi. Ba’zilari jarohatdan keyin shartnomani bekor qilib yuborishi ham mumkin. Lekin bizda bunday narsa yo‘q. U maydonda jarohat olgan, ko‘chada yoki uyida emas. Mashg‘ulotda jarohat olgan. Tiklanish jarayonini ko‘p o‘tkazib yuborgan, qiyin. Shu bois unga imkoniyat berdim, futbol nafasini olish uchun. Bundan tashqari, katta hajmda harakat qiladi. Futbolchilar ichida maslahat beradi, katta foyda beradi. Katta musobaqalarda ishtirok etgan. Bularni so‘ziga boshaqacha qarab, bergan maslahatiga amal qilib, ajab emaski, ertaga yaxshi futbolchilar chiqib, milliy terma jamoaga yordam bersa. Bu juda asqotadigan narsa. Tiklanish uchun mashg‘ulot o‘taverish bitta narsa. Musobaqada ishtirok etish boshqa narsa. Harakat qilyapti, o‘ynasa o‘ynayversin, hech qanaqa e’tirozim yo‘q. Foydasi tegsa tegyaptiki, ziyoni yo‘q. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
20/09/2025 08:33
Миржалол ака, футболимиз афсонаси! жахон, европа ва осиёда голиб булган ягона уйинчи, борингизга шукур, буюк натижага эришишни насиб килсин
Rest Lover
20/09/2025 02:22
Mirjalol aka, tug'ilgan kuningizga munosib sovg'a bo'ldi, muborak bo'lsin! Siz yaxshi insonsiz, bundan ham yaxshilariga loyiqsiz!