
Xabib va Islom vatandoshini g‘alaba bilan tabrikladi
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Gadji Rabadanovni PFL turniridagi g‘alabasi bilan tabrikladi.
“Sen shunchaki eng yaxshisisan. Bu yo‘lda uzoq vaqt ishlading va astoydil tayyorlanding. Havaskor sifatida jahon chempioni bo‘lding va buni professionalda ham uddalading. Bu tarix, uka”, — deb yozdi Xabib Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqlarda.
Nurmagammedovdan so‘ng Islom Maxachev ham o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi:
“Tabriklayman, uka. O‘ylaymanki, ushbu Gran-prida sen nimalarga qodir ekaningni ko‘rsatding va endi maza qilib dam ol, Gadji", - deb uni tabrikladi engil vaznda amaldagi UFC chempioni.
Ma’lumot uchun, Rabadanov va Primus o‘rtasidagi jang 29 noyabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tdi va unda Gadji uchinchi raundda raqibini texnik nokautga uchratib, PFL Gran-prinisini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar