
“UAE Warriors” turnirida o‘zbekistonlik jangchi ishtirok etadi
20 mart kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida “UAE Warriors” promousheni tomonidan navbatdagi turnir o‘tkaziladi.
Biz uchun ahamiyatli jihati, mazkur jang kechasida hamyurtimiz Islom Mahammadjonov ham oktagonga ko‘tariladi. Jasur Alijonov shogirdi bo‘lgan ushbu yurtdoshimizga armanistonlik Taron Grigoryan raqiblik qiladi.
Armaniston vakilining rekordi huddi yurtdoshimiz kabi 3-0 ko‘rinishga ega. Mahammadjonovga murabbiyi Jasur Alijonov hamda UFC jangchisi Mahmud Muradov sekundantlik qiladi.
Mazkur muhim bahsda hamyurtimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar