To‘lqin Qilichev jahon chempionatiga boradigan murabbiylar shtabiga kiritilmadi. Bunga nima sabab bo‘ldi?
Boks bo‘yicha jahon chempionatiga boradigan tarkib va murabbiylar shtabi e’lon qilindi. Qiziq tomoni esa undan terma jamoa katta murabbiyi To‘lqin Qilichev o‘rin olmadi. Bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bunga federatsiya bosh kotibi Murod Mamadaliev tomonidan izoh berildi.
"2022 yil yanvar oyida Toshkentda 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkaziladi. Mazkur musobaqaga o‘quv-mashg‘ulot, tayyorgarlik jarayonini tashkil etish To‘lqin Qilichevga topshirilganligi sabab u O‘zbekistonda qoladi",-dedi Mamadaliev.
Jahon chempionatiga esa quyidagi murabbiylar va rasmiylar yo‘l oladi:
Bosh murabbiy: Marat Qurbonov
Katta murabbiy: Rahmatjon Ro‘zioxunov
Murabbiylar:
Ravshan Xodjaev
Farrux Qilichev
Xamza Avezov
Istam Kabinov
Bahodir Erkaev
Ilyas Rahimjonov
Alisher To‘ychiev
Davron Gafurov
Abduvohid Jalolov
Shifokor: Komiljon Rasulov
Menejer: Tamila Sarixanova
Matbuot kotibi: Aziz To‘xtamurodov
Boks bo‘yicha jahon chempionatiga boradigan tarkib rasman e’lon qilindi. Unda Bahodir Jalolov yo‘q
Boks bo‘yicha jahon chempionatida terma jamoa sardori kim bo‘ladi? Bosh murabbiy javob berdi
Fikrlar
БУНИ БАРЧА БИЛАДИ.
Иш қилиб иқтидорли ёшларимиз ҳам таркибдан тушб қолиб ўрнига Янги Фанат, Санжар, Бобоусмон, Элнурларни кашф қилмаса бўлгани...