
Tezkor xabar! O‘zbekiston OTJning asosiy hujumchisi Saudiya qarshi o‘yindan oldingi mashg‘ulotda qatnashmadi
Xabaringiz bor, ertaga 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yarim finalidan o‘rin olgan Saudiya Arabiston - O‘zbekiston uchrashuvi o‘tkaziladi.
Bugun bellashuvdan oldingi mashg‘ulot o‘tkazildi. Lyubinko Drulovich boshchiligidagi olimpiyachilarimiz o‘yindan oldingi oxirgi taktik ishlanmalarni ko‘zdan kechirib olishdi.
Mashg‘ulotlarni bevosita Bangkokdan kuzatib borgan SPORTS.uz muxbirlarining ma’lum qilishlaricha, bugungi mashg‘ulotni terma jamoamizning asosiy hujumchisi Bobir Abdixoliqov o‘tkazib yuborgan. U o‘zini noxush his qilgani uchun maydon chetida o‘tirgan.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 15:15da start oladi.
Fikrlar