Tezkor! Shomurodov talash, Eldorga kutilmagan joydan ish chiqdi

  • 29 dekabr, 2024, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 9
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”dagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov faoliyatida yana o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va eng zo‘r to‘purari 2021 yilning yozida Rim klubiga ko‘chib o‘tganidan beri asosiy tarkibdan muqim o‘rin egallay olgani yo‘q.

Tecno

“Bo‘rilar”ga ustozlik qilgan Joze Mourino, Daniele De Rossi, Ivan Yurich va Klaudio Raneri kabi bosh murabbiylarning birortasi o‘zbek futbolchisiga o‘zini ko‘rsatish uchun etarli darajada imkon bermadi. Ular turli davrlarda jamoaga olib kelingan Temmi Abraxam va Artyom Dovbik singari qimmatbaho o‘yinchilarga suyanishni ma’qul ko‘rmoqda.

Buning oqibatida, 29 yoshli o‘zbek hujumchisi “Spetsiya” va “Kalyari” singari jamoalarda ijarada o‘ynab kelishiga to‘g‘ri keldi.

“Kalyari”da Shomurodovga qadrdon bo‘lib qolgan Klaudio Raneri ham “Roma”ni qabul qilib olganidan keyin Eldorga u qadar e’tibor qaratayotgani yo‘q va u bilan xayrlashishga ham tayyor.

Qishki  transferlar arafasida Shomurodovni olmoqchi bo‘lgan klublar soni ortib boryapti. Avvalroq, A Seriya debyutanti “Komo” va V Seriyadagi joyini saqlab qolish uchun kurashayotgan “Salernitana” o‘zbek futbolchisiga qiziqish bildirgandi.

Euro-football nashrining ma’lum qilishicha Saudiya Arabistonining bir necha klublari Osiyo futboli yulduzini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladigan bo‘ldi.

- Saudiya Arabistonining qator klublari qishki transferlar davrida  “Roma” markaziy hujumchisi Eldor Shomurodov taklif qilishga tayyor. Bundan tashqari, Italiya chempionati jadvalining ikkinchi qismida borayotgan bir necha klublar ham 29 yoshli forvardga jiddiy qiziqish bildiryapti.

“Roma” o‘zbek futbolchisini yana ijaraga qo‘yib yuborishga rozi. Avvalroq, bosh murabbiy Klaudio Raneri Eldor Shomurodovni kelajakdagi rejalariga kiritmagani va uning ketishiga qarshi emasligi ma’lum bo‘lgandi, - deb yozmoqda Euro-football nashri.

Eldor Shomurodov Italiyaga 2020 yilning oktyabr oyida ko‘chib o‘tgan edi. Rossiya Premer-ligasidagi muvaffaqiyatli o‘yinlaridan keyin “Rostov” o‘z yulduzini “Jenoa”ga qo‘yib yuborgan.

Italiyaning eng qadimiy jamoasida hamyurtimizning ishlari yurishib ketdi. Debyut mavsumida sakkizta gol urgan hujumchini bir necha katta klublar o‘z safiga chorladi. 2021 yilning yozida “Roma”ga bosh murabbiy etib tayinlangan Joze Mourino o‘shanda Eldorni o‘z loyihasiga jalb qilgan va Rimga ko‘chib o‘tishiga sababchi bo‘lgandi.

Shomurodov portugaliyalik mashhur murabbiy qo‘l ostida Evropadagi hozircha yagona sovrini – UEFA Konferentsiyalar ligasi kubogiga sazovor bo‘lgan.

Shunga qaramay, tajribali hujumchi “bo‘rilar” asosiy tarkibidan muqim joy olabilmadi.

Joriy mavsum oldidan ham Eldor boshqa klubga ijaraga berilishi kutilgandi. Lekin uning mashg‘ulotlardagi mehnatini yuqori baholagan o‘sha paytdagi bosh murabbiy Daniele De Rossi legionerimizni jamoada olib qoldi.

Transfer narxi 4 million evroga tushib ketgan Shomurodov joriy mavsumda “Roma” safida barcha turnirlarda 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, maydonda jami 285 daqiqa to‘p tepdi. Eldor kam o‘ynagan bo‘lsa-da, o‘z hisobiga ikkita gol va bitta assist rasmiylashtirdi.

Mashhur murabbiy Husanovni o‘z jamoasida kutyapti...

Fayzullaev qanday qizga uylanishini aytdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
29/12/2024 21:55
Яна ўша олди - қочди, тутуруқсиз гаплар.
Pardayev Shavkat
29/12/2024 21:55
Яна ўша олди - қочди, тутуруқсиз гаплар.
Pardayev Shavkat
29/12/2024 21:55
Яна ўша олди - қочди, тутуруқсиз гаплар.
Pardayev Shavkat
29/12/2024 21:55
Яна ўша олди - қочди, тутуруқсиз гаплар.
Pardayev Shavkat
29/12/2024 21:55
Яна ўша олди - қочди, тутуруқсиз гаплар.
Pardayev Shavkat
29/12/2024 21:55
Яна ўша олди - қочди, тутуруқсиз гаплар.
Pardayev Shavkat
29/12/2024 21:55
Яна ўша олди - қочди, тутуруқсиз гаплар.
&
998913335306
29/12/2024 11:56
2020 йилдан буйон чикарилган маколаларни хаммасини йиғиб йурган экансанда.
Узимдааа Мендааа
29/12/2024 10:33
Саудия чимпионати хам ёман вариант эмас лекин эплаб кетса керак