
Terma jamoadan chaqiruv olmagan Shahboz Umarov BATE safida supergol kiritdi (video)
Bugun Belarus Oliy ligasida 11-tur o‘yinlari start oldi. Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan BATE jamoasi ayni daqiqalarda "Slaviya Mozir" klubini qabul qilmoqda. Birinchi bo‘limdan so‘ng mezbonlar 2:0 hisobida oldinda bormoqda.
18-daqiqada Maksim Skavish hisobni ochgan bo‘lsa, taym so‘nggida hamyurtimiz jarima zarbasidan so‘ng raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu uning joriy mavsumdagi 5-goli bo‘ldi.
Fikrlar