
"Surxon" o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston U21 terma jamoasini mag‘lub etdi
Yozgi yig‘inini o‘tkazayotgan “Surxon” klubi O‘zbekiston U21 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. Bellashuv 2:1 hisobida “Surxon” jamoasining foydasiga hal bo‘ldi.
Termizliklardan Asilbek Jumaev va Sarvar Abduhamidov gol muallifiga aylanishgan bo‘lsa, U21 terma jamoasidan Abubakir Ashurov to‘p kiritdi.
“Surxon”ning boshlang‘ich tarkibi: Dilshod Yo‘ldoshev, Jamaldin Xodjaniyazov, Javohir Jo‘raev, Bekzod Shamsiev, Behruz Shaydulov, Bobur Asqarov, Asilbek Jumaev, Dmitriy Pletnyov, Kamron Saidazimov, Sarvar Abduhamidov, Muhammad Ali Abdurahmonov.
Fikrlar