
Superliga o‘tish o‘yini. "Neftchi" - "Andijon" bahsini 2 ta telekanal namoyish etadi
Ertaga Superliga o‘tish o‘yini bo‘lib o‘tadi. Unda "Neftchi" vodiyning yana bir jamoasi "Andijon" bilan bellashadi. Uchrashuvga Farg‘onadagi "Istiqlol" stadioni mezbonlik qiladi.
Mazkur bahsni "Sport TV" va "Futbol TV" jonli efirda namoyish etadi. Uchrashuv 14:00da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, "Andijon" Superligada 13-o‘rinni egalladi. "Neftchi" esa Pro ligada 2-pog‘onani band etdi. Shu bois ikki jamoa Superliga o‘tish o‘yinida ishtirok etadi.
Fikrlar