
"Siti" futbolchisi "Bavariya"ga o‘tishni istayapti
Kayl Uoker "Bavariya"da o‘ynashga qaror qildi.
Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" himoyachisi bosh murabbiy Pep Gvardiolaga nemis jamoasiga o‘tish istagi borligini aytgan.
Myunxenliklar "Siti"ga hali taklif bilan chiqqanicha yo‘q. Biroq tez orada ilk rasmiy taklif yuborilishi kutilyapti. Futbolchi bilan shartnoma allaqachon kelishib olindi. Uoker nemis grandi bilan 2025 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekadi. Shuningdek, kelishuvda shartnomani bir yilga uzaytirish bandi ham bor.
Fikrlar