
Simona Xalep rumin tennischilari ichida tengsiz
Ruminiyalik tennischlar Simona Xalep va Mixaela Buzarnesku Angliya poytaxti London shahrida o‘tayotgan "Uimbldon" turnirida o‘zaro raqobatlashdi.
Ular o‘rtasidagi uchrashuv musobaqaning ikkinchi davrasidan joy oldi. Unda Simona raqibini 6:3, 4:6, 6:2 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa chempionatning uchinchi davrasiga yo‘l olgan Xalep, endi belaruslik Viktoriya Azarenkoni sinovdan o‘takazadigan bo‘ldi.
Fikrlar