Shomurodovning narxi pasaydi (foto)

  • 12 noyabr, 2022, 13:49
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Transfermarkt" portali Italiya A Seriyasida o‘ynaydigan futbolchilar ro‘yxatini yangiladi.

Ayni payt chempionat doirasida o‘ynayotgan eng qimmat futbolchi "Milan" hujumchisi Rafael Leau hisoblanadi. Uning narxi 85 million evroga baholangan. Kuchli uchlikdan Dushan Vlaxovich (80 million evro) va Lautaro Martines kabi futbolchilar ham joy olgan.

E’tiborli tomoni shundaki, O‘zbekiston terma jamoasi va "Roma" klubi hujumchisi Eldor Shomurodovning narxi pastlagan.  Legionerimiz oldin "Transfermarkt" tomonidan 8 million evroga baholanayotgan edi. Yangilangan ro‘yxatda esa uning narxi 7 million evro etib belgilanagan. 

shsho

MDH davlatlari orasidan Ruslan Malinovskiy, Genrix Mxitaryan va Viktor Kovalenko kabi futbolchilarning ham transfer narxida pasayish bo‘lgan.

2022/23 yilgi mavsumda Shomurodov “Roma”ning barcha turnirlar doirasidagi 8 ta uchrashuvida qatnashib, 1 gol muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!