
"Sevilya"da murabbiy o‘zgarishi mumkin
Ispaniyalik mutaxassis Xulen Lopetegi iste’foga chiqishi mumkin. Taniqli jurnalist Nikola Skiraning habar berishicha, “Sevilya” – “Espanol” o‘yinida andalusiiyaliklar unga so‘nggi imkonni bermoqchi.
Agar “Sevilya” ushbu uchrashuvda imkoniyatni boy bersa, Lopetegi ishdan bo‘shatiladi. Klub bu mavsum La Liganing 4 uchrashuvida 3 mag‘lubiyat hamda 1 durang qayd etgan. Shuningdek, Chempionlar Ligasida ular “Siti”ga qarshi 1-tur uchrashuvida yirik 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Raxbariyat uning o‘rniga Marselino Garsiya Toral variantini ko‘rib chiqmoqda. Malumot uchun, Lopetegi 2019 yildan beri ispan grandini boshqarib kelmoqda.
Fikrlar