Rossiya va Belarus klublari taklifiga qaramagan legionerimiz premer-ligaga kelganidan xursand

  • 27 iyul, 2022, 20:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shahboz Umarov BATEdagi mojarodan so‘ng, Borisov jamoasini tark etib, faoliyatini Qozog‘iston premer-ligasida davom ettiradigan bo‘ldi. “Ordabasi” klubi legionerimizni yarim mavsumga ijaraga oldi.

Tecno

Legionerimiz jurnalistlarga intervyu berdi:

50b618df341d82241961cb36c1e7dd21

- “Ordabasi” varianti qanday paydo bo‘ldi, boshqa chempionatlardan chorlovlar bormidi?

 - Belarus va Rossiyada o‘ynash variantlari bor edi. Men hurmat qiladigan inson – Ulug‘bek Asanboev bilan gaplashganimdan keyin “Ordabasi”ga o‘tishga qaror qildim. U meni jamoaga yordam berishga chaqirdi. Taklifini rad eta olmadim.

“Ordabasi”da men taniydigan o‘yinchilar kam emas. Yoshlar ham bor, tajribali o‘yinchilar ham. Chimkentda tanishim ko‘p. Shu bois moslashish qiyin bo‘lmadi. Bundan tashqari, bu erda men bilan Belarus chempionatida o‘ynagan Vsevolod Sadovskiy va Aleksandr Batishev ham bor. Ular bilan ko‘p muloqot qilaman.

- Bosh murabbiy Aleksandr Sednevni ham Belarusda ishlagani uchun oldindan tanirdim.  Chimkentga kelishim bilan, suhbatlashdik. Uning eshigi hammaga ochiq. Har bir futbolchi bilan muloqot qiladi.

- “Aktobe”ga o‘tishingiz mumkinligi, lekin BATEning talabi katta bo‘lgani haqida xabarlar chiqqan edi...

- Shaxsan men bu haqda eshitmadim, men bilan hech kim gaplashgani yo‘q. BATEdaligimda jamoa bilan shug‘ullandim, hech qanday gap-so‘zlarga  e’tibor bermadim. Tabiiyki, ko‘p qo‘ng‘iroqlar, takliflar bo‘ldi. Men ularga BATE bilan ishlayotganim va meni bezovta qilmasliklarini aytdim. Agentlarimga ham, meni taniydiganlarga ham shunday dedim. Chunki bir jamoada ishlab, boshqasi bilan muzokara qilish hurmatsizlik bo‘ladi. Iyulda “Ordabasi” varianti paydo bo‘ldi va men tezda BATEdan ketdim.

- Nega 49-raqamni tanladingiz?

- Kelganimda qaysi raqamni olishimni so‘rashdi. Menga bu muhim emas, asosiysi o‘ynash, dedim. Kiyim almashtirish xonasiga kirganimda shu nomerdagi futbolkaga ko‘zim tushdi va uni oldim.

- Yangi jamoadagi ikkinchi uchrashuvdayoq bir juft assist qildingiz?

- Yarim yildan ko‘p o‘ynamadim. “Ordabasi”ga kelganimda murabbiyning ishonchini him qildim va jamoaga tez kirishib ketdim. Meni tez formaga solishlari kerak edi. Yarim yil o‘ynamay, formadan chiqib ketgandim. Murabbiy ishonch bildirdi va javobiga ikkita assistni uddaladim.

- BATEdan kelgandan keyin jismoniy holatingiz qanday edi?

- Avvalgidek emasligini darrov payqadim. Formamni yo‘qotib qo‘ygandim. “Ordabasi”ga kelganimdan buyon ko‘p mashq qilyapman. Chalg‘ishga vaqtim yo‘q. Mashg‘ulotdaman. Ba’zan murabbiy men bilan individual shug‘ullanyapti. Kundan kun yaxshi bo‘lyapti. Tez orada ko‘proq o‘ynayman va boshlang‘ich tarkibga kirishga umid qilaman.

20220704110735

- Qozog‘istonga kelib, o‘zingizni erkin his qila boshladingizmi?

- Albatta. Futbolni sog‘ingan ekanman. Jarlhat tufayli bir necha oyni o‘tkazib yuborish boshqa. Menda unday bo‘lmadiku. Amalda maydonga shunchaki chiqarishmadi. Qozog‘istonga kelishim bilan kayfiyat ko‘tarildi. Futbol haqida o‘yladim, maydonga tushirishlarini bilardim. Bu erda ancha engil. Yarim yil faqat futbol va “Ordabasi” haqida o‘ylayman.

- BATEga qaytasizmi?

- Albatta. Shartnomam kelasi yilning oxirigacha davom etadi. “Ordabasi”da mavsumni yakunlayman. Qishda vaziyatga qaraymiz. Borisovliklar meni qaytarishni istasa, o‘tirib gaplashamiz.

Shomurodovni jon deb oladigan jamoalar bor yoxud “Roma”dan ketishi quruq safsata!

Ana xolos! Legionerimizning transferi barbod bo‘ldi!

Mourino Shomurodovni nega Rimda olib qoldi?

Legionerimizning Evropa Chempionlar ligasida gol urgan o‘yini eng yuqori baholandi!

Premer-liga klubi o‘zbek futbolchisi yordamida chempion bo‘lmoqchi!

To‘purar legionerimizda yaxshi yangilik bo‘ladi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!