
Ronalduni futbol qiroli tabrikladi
Braziliyalik futbol qiroli Pele "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduni A Seriya chempionligi bilan tabrikladi.
“Krishtianu Ronaldu zamonaviy sportchi hisoblanadi. U o‘z ishiga mehr bilan yondoshgan har bir insonga omad kulib boqishini isbotlamoqda. Men shuningdek, Duglas Kosta, Aleks Sandro va Danilo kabi braziliyalik futbolchilarga ham o‘z hurmatimni izhor qilmoqchiman”, - deydi Pele.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” qatorasiga 9-marta Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar