
Ronaldu Zidan yoki Enrike qo‘l ostida to‘p surishi mumkin
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun Zinedin Zidan va Luis Enrike nomzodi ilgari surilmoqda. Bu haqda A Bola nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Joze Mourino Portugaliya terma jamoasi bilan ishlashdan bosh tortgach, portugaliyaliklar bor e’tiborlarini "Real"da ishlagan Zinedin Zidan va Qatardagi jahon chempionatidan keyin Ispaniya terma jamoasini tark etgan Luis Enrikega qaratishgan.
Ammo Portugaliya futbol federatsiyasi Mourinodan butkul umidini uzmayapti. Ular Joze yozgacha fikrini o‘zgartirib, terma jamoani boshqarishga rozi bo‘lishiga umid qilmoqda.
Fikrlar