
Ronaldu Messiga etib oldi
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2024 yilgi Evropa chempionati saralash uchrashuvida Bosniya va Gertsegovina darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilib, portugaliyaliklarning 5:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
38 yoshli forvard dubl evaziga 2023 yil davomida urgan gollari sonini 40 taga etkazib oldi. Yil oxirigacha Ronaldu katta ehtimol bilan yana raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishining ehtimoli katta.
Shu tariqa, Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida 12-mavsumda 40 ta va undan ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi.
Portugaliyalik yulduz bu ko‘rsatkich bo‘yicha ashaddiy raqobatchisi Lionel Messiga etib oldi.
Fikrlar