Ronaldu bir o‘yinda ikkinchi super rekordni “mixladi”!

  • 15 iyun, 2021, 23:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa chempionatining dastlabki uchrashuvida Vengriya terma jamoasi darvozasiga ikkita gol urib, Portugaliyaning 3:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan Krishtianu Ronaldu tarixiy rekord sohibiga aylandi.

Tecno

Ushbu uchrashuvdan oldin Krishtianu Ronaldu Evropa chempionati to‘purarlari bahsida Mishel Platini bilan birinchi o‘rinni egallab turgandi.

Muhim bahsda dubl qayd etgan portugaliyalik yulduz qit’a chempionatlari final bosqichdagi gollari sonini 11 taga etkazib, yaqqol rekordchiga aylandi.  Yaqin o‘rtada uning rekordini uradigan futbolchi yo‘q. Buni eng kuchli to‘purarlar o‘nligidan ham bilsa bo‘ladi.

Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) — 10 ta gol

Mishel Platini (Frantsiya) — 9 ta gol

Alan Shirer (Angliya) — 7 ta gol

Zlatan Ibrohimovich (Shvetsiya), Terri Anri (Frantsiya), Patrik Klyuyvert (Niderlandiya), Nunu Gomesh (Portugaliya), Ruud van Nistelroy (Niderlandiya), Ueyn Runi (Angliya), Antuan Grizmann (Frantsiya) — 6 tadan gol.

Ronaldu maydonga tushdiyu, rekord o‘rnatdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!