Ronaldo: "Men Anchelottini juda yaxshi bilaman"

  • 25 iyun, 11:19
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ronaldo Karlo Anchelottining Braziliya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangani haqida gapirdi.

Tecno

"Menimcha, bu juda zo‘r bo‘ldi. Men Anchelottini juda yaxshi bilaman, u bor e’tiborini jamoa tuzishga qaratadi, futbolchilar bilan munosabatlarda etakchi bo‘ladi. O‘yinlarda g‘alaba qozonadi va jamoaning ishonchini qozonish uchun bor tajribasini ishga soladi.

U ko‘p jihatdan Luiz Filippe Skolarini eslatadi. Filipao jamoa uchun haqiqiy ota edi. Mashg‘ulotlar zerikarli bo‘lishi mumkun, lekin  hamma uning uchun borini berishga tayyor edi", - deydi braziliyalik sobiq jahon chempioni.

Ma’lumot uchun, Anchelotti may oyida "pentakampeonlar" qabul qilib olgandi. Ronaldo va italiyalik mutaxassisning yo‘llari "Milan"da kesishgan.

Ulug‘bek Hoshimov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!