"Roma"ning bugungi o‘yini qaysi telekanalda namoyish etiladi?

  • 26 avgust, 2021, 11:30
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun “Roma” UEFA Konferentsiyalar ligasi pley-off bosqichining javob o‘yinida Turkiyaning “Trabzonspor” klubini qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:00da start oladi. Uchrashuv "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. 

Tecno

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi dastlabki to‘qnashuvda "bo‘rilar" 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. O‘shanda Eldor Shomurodov o‘z gol urib, jamoasiga g‘alaba taqdim etgandi. 

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Konferentsiyalar ligasi UEFA tomonidan tashkil etilayotgan Chempionlar ligasi va Evropa Ligasidan keyingi uchinchi turnirdir. Bu musobaqa “ko‘hna qit’a”ning aksariyat jamoalari Chempionlar ligasi va Evropa ligasidan chetda qolayotgani bois, imkon qadar ko‘proq klublarni xalqaro o‘yinlarga jalb etish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Jurnalist Suxrobjon
26/08/2021 15:28
jamoalar kuchli kelin