"Roma" Taysonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 27 avgust, 2019, 13:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ukrainaning "Shaxtyor" klubi yarim himoyachisi Tayson faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Il Tempo nashrining xabar berishicha 31 yoshli braziliyalik futbolchiga “Roma” jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Rimliklar va “konchilar” o‘rtasidagi muzokaralar boshlangan. Biroq, tomonlar hozircha kelishuvga erisha olishmayapti. “Shaxtyor” Tayson uchun 30 mln evro talab qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Tayson “Shaxtyor” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 243ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 44ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!