
“Roma” o‘z o‘yinchisini to‘qqiz baravar qimmatiga sotdi
“Roma” angliyalik himoyachi Kris Smollingdan tashqari yana bir o‘yinchisi Joau Koshtani ham Saudiya Arabistoniga jo‘natdi.
O‘ng qanot hujumchisi Joau Koshta aslida Braziliyaning “Palmeyras” va “Korintians” kabi jamoalarida tarbiyalangan. Rim klubi uni 2019 yili transfer qilgandi.
Joau Koshta asosan “Roma”ning turli yoshdagi jamoalarida to‘p tepgan. Birinchi jamoada A Seriya va Evropa ligasida besh marotaba maydonga tushdi. 19 yoshli o‘yinchi Daniele De Rossi jamoasini raqobat kuchli ekanini inobatga olib, boshqa ligaga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘ldi.
Transfermarkt portali tomonidan 1 million evroga baholangan o‘yinchini rimliklar Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” klubiga 9 million evroga pulladi.
Joau 2005 yili Braziliyada tug‘ilgan. Biroq xalqaro miqyosda Portugaliyani tanladi. 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan Portugaliya terma jamoasida uchta uchrashuv o‘tkazib ulgurdi.
Fikrlar