"Roma" kimlar bilan shartnomani uzaytirishi mumkin?

  • 2 dekabr, 2022, 09:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning mashhur La Gazzetta dello Sport nashri "Roma"ning qaysi futbolchilar bilan shartnomani uzaytirish imkoniyati mavjudligi haqida o‘z munosabatini bildirdi.

Tecno

Dzanolo: Futbolchining shartnomasi 2024 yilda tugaydi va tomonlar allaqachon ushbu kelishuvni uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashgan. Dzanolo yangi shartnomaga bo‘yicha “Roma”dan yiliga 4 million evro va jamoa uning atrofida tuzilishini istaydi. Tiago Pinto esa klub xo‘jayini Fridkinsdan bu borada “yashil chiroq” kutmoqda, ammo, ular shartnomalarni muhokama qilishni mavsum oxiriga qo‘yishga odatlangan.

Smolling va Matich: Har ikkala futbolchining shartnomasida o‘zaro kelishuv asosida shartnomani uzaytirish bo‘yicha band mavjud. Buning uchun ular mavsumning kamida teng yarim uchrashuvlarida ishtirok etishi kerak. Ammo bu holatda Matichdan farqli ravishda, Smolling kelishuvni o‘z xohishiga ko‘ra uzaytirish huquqiga ega.

El Shaaraviy: Italiyalik futbolchining shartnomasi iyun oyida yakuniga etadi. U jamoada qolishni istamoqda, ammo “Roma” bu haqda hozircha hech qanday "signal" bermadi.

Belotti: Hujumchining shartnomasi muayyan o‘yinlar soniga erishgandan so‘ng yangilanadi, ammo yuqorida ta’kidlanganidek, "Roma" o‘zi istagan vaziyatdagina futbolchilar bilan shartnomani uzaytiradi.

Zalevski: “Bo‘rilar” iste’dodli futbolchini rag‘batlantirish uchun uning shartnomasini yangilashmoqchi. Unga ko‘ra, futbolchining maoshi yiliga 500 ming evrodan 1,2 mln evrogacha oshiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!