Rim papasi ham fikrimdan qaytara olmaydi!

  • 20 sentabr, 08:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim uning o‘yin printsiplari hali samara keltirmagan bo‘lsa-da, ularni o‘zgartirmasligini yana bir karra ta’kidladi.

Tecno

Ma’lumki, aksariyat ekspertlar bu mutaxassisni uchta himoyachi bilan o‘ynayotgani va usul mag‘lubiyatlarga sabab bo‘layotganiga qaramay, undan voz kechmayotganini tanqid qilyapti.

- Hech kim meni o‘yin sxemasini o‘zgartirishga ko‘ndira olmaydi, hatto Rim papasi ham. Bu mening ishim. O‘zim mas’ul va javobgarman. Hayotimdan shundan iborat.

Jamoamiz evolyutsiyasi uchun vaqt talab qilinadi, biroq buni boshidan to‘g‘ri tarzda amalga oshirish shart.

O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, men tashqi bosim ostida o‘zimni o‘zgartirsam, futbolchilarim menga qaysi ko‘z bilan qaray boshlaydi? Ularning ham menga bo‘lgan munosabati darrov o‘zgaradi, - dedi Ruben Amorim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!