"Real" "yaponiyalik Messi"ni qaysi klubga ijaraga beradi?

  • 8 avgust, 2019, 13:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar davrida “Real”ga ko‘chib o‘tgan yaponiyalik yarim himoyachi Takefusa Kubo yangi mavsumni boshqa jamoada o‘tkazadi.

Tecno

Ispan nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 18 yoshli futbolchini La Liganing boshqa bir jamoasi – “Valyadolid”ga ijaraga berib yuboradi.

Kuboging ijaraga ketishiga sabab unda Evropa ittifoqi fuqaroligi yo‘q. “Real”da esa legionerlar limiti allaqachon to‘lib bo‘lgan. Shu bois madridliklar Kuboni ro‘yxatdan o‘tkaza olish imkoniga ega emaslar.

Ma’lumot uchun, “Real” Kuboni “Tokio” klubidan 2 mln evroga sotib oldi. “Yaponiyalik Messi” deya e’tirof etilayotgan futbolchi “qirollik klubi” bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!