
"Real" safida goleador vingerni ko‘rishimiz mumkin!
"Bavariya" vingeri Serj Gnabriga "Real" Madrid qiziqish bildirmoqda.
"AS" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, nemis yarim himoyachisi "Real"ning yozgi transferlar oynasidagi maqsadlaridan biri. "Qaymoqranglilar" Gnabrining "Bavariya" bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarini kutaztmoqda va shunga qarab ishga kirishmoqchi.
Ma’lum bo‘lishicha, Serj Manening Myunxen klubiga o‘tishidan xavotirda emas. Ushbu transfer uning qaroriga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Futbolchining agentlari uning "qirollik klubiga" o‘tishini istaydi, "Bavariya" esa Alaba bilan bo‘lgan holat takrorlanishini istamayapti.
Fikrlar