
"Real" "Bavariya" yulduzini pisand qilmadi
"Bavariya" yulduzi Serj Gnabri faoliyatini boshqa klub tarkibida davom ettirmoqchi.
Bir necha kun oldin u "Santyago Bernabeu"da o‘ynash istagi borligini ma’lum qilgandi. "Marca" nashri bunga "Real"ning munosabati haqida xabar chop etdi. Unda aytilishicha, madridliklar nemis vingerini sotib olmoqchi emas.
"Qirollik klubi" rahbariyati o‘ng qanot hujumchisi pozitsiyasi ishonchli qo‘llarda deb hisoblamoqda. Ayni paytda bu nuqtada Marko Asensio, Rodrigo hamda Federiko Valverde o‘ynay oladi.
26 yoshli forvard joriy mavsum "qizillar" tarkibida 45 o‘yinda maydonga tushib, 17 gol va 10 assist muallifiga aylangan.
Fikrlar