
Ravshan Ermatov Odil Ahmedov jamoasi ishtirokidagi o‘yinni boshqaradi
Jumladan, OChL guruh bosqichi 5-turidan o‘rin olgan bahsda Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasi o‘z maydonida BAAning "Al-Ayn" klubini qabul qiladi. Mazkur o‘yinni Valentin Kovalenko boshqarib boradi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga qanotlarda Andrey Tsapenk va Temur Gaynullin yordam berishadi. To‘rtinchi hakam ham O‘zbekistondan - Aziz Asimov. "Al-Hilol" - "Al-Ayn uchrashuvi 6 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
7 may kuni Yaponiyaning "Kavasaki Frontale" jamoasi Xitoyning "Shanxay SIPG" klubini qabul qiladi. Bu uchrashuvni Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. To‘rtinchi hakam - Sherzod Qosimov.
Shu kuni Tailandda bo‘lib o‘tadigan "Buriram Yunayted" - "Urava Red Daymonds" (Yaponiya) uchrashuvida esa bosh hakam sifatida Ilgiz Tantashev ishlaydi. Unga qanotlarda Husniddin Shodmonov va Ruslan Serazetdinovlar yordam berishadi.
Fikrlar