
Raul Armaniston terma jamoasini boshqarishi mumkin
"Real"ning sobiq sardori Raul terma jamoada ishlashi mumkin. 47 yoshli mutaxassis Armaniston terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan. Bu haqda Armaniston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Armen Nikogosyan ma’lum qildi.
"Biz nomzodlarni ko‘rib chiqyapmiz. Ko‘plab vairantlar bor va ular orasida Raul ham bor”, - dedi Nikogosyan "Fast News" nashriga.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassis hozirda "qirollik klubi"ning yoshlar jamoasini boshqarmoqda.
Fikrlar