
Ramos "Real"dan ketish oldidan "Barselona" rahbarlariga aloqaga chiqqan
Yozda PSJ tarkibiga kelib qo‘shilgan Serxio Ramos bilan bog‘liq g‘alati xabarlar OAVda tarqaldi.
"Diario Sport" nashri ispaniyalik futbolchi "Real" bilan maosh masalasida muzokaralar olib borgani, rad javobini olgach, antiqa ishga qo‘l urgani haqida ma’lumot berdi. Serxio azaliy raqib "Barselona" safida to‘p tepayotgan Jerar Pikedan kam daromad topayotganini "qirollik klubi"ga isbotlamoqchi bo‘lgan.
Shu orqali Ramos "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peresni ta’sir ko‘rsatishga uringan. Hatto, "el-kapitano" raqamlarni aniqlashtirish maqsadida "Barselona" rahbariyatiga aloqaga chiqqan. Kataloniyaliklar uning taxminlari aniq ekanini bildirgan.
Ammo yakunda "Real" va Ramos o‘rtasidagi kelishuv amalga oshmadi.
Fikrlar